13:41 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
307 0 0

UzAuto Motors kompaniyasi Rossiya bozoriga avtomobillar eksportini qayta yoʻlga qoʻymoqda.

TOSHKENT, 22 avg – Sputnik. Ravon avtomobillaring Rossiya bozoridagi savdosi sentyabr oyidan boshlanishi koʻzda tutilgan. Bu haqda UzAuto Motors xabar qildi.

Qayd etilishicha, “UzAvtoMotors SNG” distribyutorlik kompaniyasi avtomobillar savdosini jadal yoʻlga qoʻyish borasida Rossiyaning dilerlik korxonalari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Dastlabki R2 (Chevrolet Spark), R3 (Chevrolet Nexia3) va R4 (Chevrolet Cobalt) modellari Rossiya bozoriga avgust oyining oxiri va sentyabr oyining boshida yetkaziladi.

Avvalroq kompaniya Ozarbayjon, Ukraina, Qirgʻiziston, Belarus, Afgʻoniston, Tojikiston, shuningdek Qozogʻiston Respublikalariga avtomobil eksportini yoʻlga qoʻygan edi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan Ravon avtomobillari Rossiya bozoriga qaytgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular