10:54 04 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Iqtisod
Havola olish
363 0 0

Qaror bilan 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi.

TOSHKENT, 23 avg – Sputnik. Oʻzbekiston prezidentning energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga oid qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra:

- xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stantsiyalari (oʻrtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlari (oʻrtacha 200 litr) oʻrnatiladi;

- nostandart gaz-gorelkali qurilmalari energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtiriladi.

2020 yil 1 yanvardan:

-  jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stantsiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:

- quyosh fotoelektrik stantsiyalari uchun – 3 million soʻmdan;

- quyosh suv isitkichlar uchun – 1,5 million soʻmdan;

- gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etiladi.

Oʻzbekistonda quyosh panellari ishlab chiqariladi

Qaror bilan 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi.

Asosiy mavzular