18:37 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Iqtisod
Havola olish
253 0 0

Markaziy bank ayrim banklar oʻz xizmatlarini koʻrsatishda isteʼmolchilarining huquqlari buzilishi holatlarini aniqladi.

TOSHKENT, 27 avg – Sputnik. Markaziy bank ayrim banklar oʻz xizmatlarini koʻrsatishda isteʼmolchilarining huquqlari buzilishi holatlarini aniqladi.  

Xususan, “Ipoteka-bank” ATIB va “Xalq banki” ATBlarning tariflarida qonun hujjatlari bilan mijozlardan undirilishi taqiqlangan komissiya toʻlovlari mavjud boʻlsa, “Davr-bank” XATB oʻz faoliyatida mijozlarga bank xizmatlarini koʻrsatish jarayonida qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaslik holatlariga yoʻl qoʻyilgan. Jumladan, Davrbank tomonidan mijozlarga koʻrsatiladigan bank xizmat turlarining tarkibiga asosiy xizmat bilan bogʻliq boʻlmagan qoʻshimcha xizmatlar kiritilgan hamda bankning veb-sayti va axborot stendlarida haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlar joylashtirilgan.  

Shu munosabat bilan, ushbu banklar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berish bilan bir qatorda, ularga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanktsiyalari qoʻllanildi.

“Asaka bank” ATB tomonidan oʻz mijoziga nisbatan shartnomaga muvofiq komissiya toʻlovlarini hisoblash tartibi qayta koʻrib chiqilib, notoʻgʻri hisoblangan 84 mln. soʻm miqdoridagi mablagʻning mijozga qaytarilishi taʼminlandi.  

“Markaziy bank bundan buyon ham bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish borasida qonun hujjatlari talablarining buzilishiga yoʻl qoʻygan kredit tashkilotlariga nisbatan qonuniy taʼsir choralarini qoʻllab boradi”, - deyilgan axborotda.

Asosiy mavzular