17:16 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Iqtisod
Havola olish
145 0 0

Soliq qoʻmitasi tasdiqlangan xabar uchun huquqbuzarlardan olib qoʻyilgan tovar-moddiy boyliklarini sotishdan byudjetga tushumlarning 5 foizi, biroq mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda (1,7 million atrofida) pul mablagʻlari bilan ragʻbatlantirishni taklif qilmoqda.

TOSHKENT, 28 avg – Sputnik. Davlat soliq qoʻmitasi soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uchun fuqarolarni ragʻlatlashtirishni taklif qilmoqda. Tegishli qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Quyidagi asoslardan biri mavjud boʻlgan taqdirda soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida maʼlumot bergan jismoniy va yuridik shaxslar ragʻbatlantiriladi:

- yashirin ishlab chiqarish tsexlari;

- respublikaga kontrabanda yoʻllari bilan olib kelingan tovarlar, shuningdek, kontrafakt va tegishli hujjatlari boʻlmagan tovarlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash yoki sotish faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslar (obʼyektlar);

- soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash holatlari, shu jumladan, tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash “sxema”lari;

- etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tashish, saqlash yoki muomalaga kiritish.

Davlat soliq qoʻmitasining my2.soliq.uz caytida yuborilgan reyestri shakllantiriladi.

Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida saytga kiritilgan maʼlumotlarga maxsus kod beriladi (telefonga SMS xabar yuboriladi) hamda davlat soliq xizmati organlari tomonidan murojaatchining shaxsi sir saqlanishi taʼminlanadi.

Maʼlumot davlat soliq xizmati organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi

Oldindan bila turib, qasddan yolgʻon va notoʻgʻri axborotlar kiritilganlik holatlari aniqlanganda, qoʻmita qonunchilikka muvofiq muallifni javobgarlikka tortish haqida sud organlariga murojaat qiladi.

Qoʻmita tasdiqlangan xabar uchun byudjetga tushgan bir oylik soliq va majburiy toʻlovlar, shuningdek, undirilgan moliyaviy jarimalar yoki huquqbuzarlardan olib qoʻyilgan tovar-moddiy boyliklarini sotishdan byudjetga tushumlarning 5 foizi, biroq mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda (1,7 million atrofida) pul mablagʻlari bilan ragʻbatlantirishni taklif qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 1-iyul kunidan boshlab jarima.uz sayti ishga tushdi. Ushbu saytga fuqarolar Yoʻl harakati qoidalari buzilgan holatlarni videoga qayd etib, joʻnatishlari mumkin. Xabar joʻnatgan shaxslar belgilangan tartibda ragʻbatlantiriladi.

Asosiy mavzular