13:46 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Natsionalnыy Bank Uzbekistana

Milliy bank Xitoydan 500 million yuan kredit oladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
Iqtisod
Havola olish
164 0 0

Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoyga tashrifi davomida 500 millon yuan kredit olish haqida kelishuvga erishdi.

TOSHKENT, 28 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Milliy banki Xitoy Davlat rivojlanishg banki (XDRB) bilan 500 million yuan (69,8 mln. dollar) miqdorida kredit liniyasi ochish haqida kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Milliy bank Xitoy Davlat rivojlanish banki bilan 500 million yuan miqdorida kredit liniyasini ochish haqida kelishib olishdi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu kelishuv 27 avgust kunlari Pekinda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Xitoy hukumatlararo komissiyasi uchrashuvida imzolangan.

“Xitoy yuanida kredit olishning asosiy ustuvorligi– uning LIBOR stavkasiga bogʻliq emasligidir. Undan tashqari yuanda hisob-kitob qilish valyuta ayirboshlash xarajatlarini kamaytiradi”, - dedi Milliy bank vakili.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkoridir.Shuningdek, Oʻzbekiston iqtisodiga Xitoy investitsiyalari miqdoriham juda katta boʻlib  8 milliard dollarni tashkil qiladi.

Asosiy mavzular