13:22 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Prezentatsiya samogo vыsokogo v TSA neboskreba v MDTS Tashkent City

Toshkentda qurilayotgan osmonoʻpar binoning nomi eʼlon qilindi

© Sputnik . /Facebook/Tashkent City
Iqtisod
Havola olish
140540

Toshkent Cityda qurilishi boshlangan birinchi osmonoʻpar bino 51-qavatdan iborat boʻlib, uning balandligi 266, 5 metr boʻladi.

TOSHKENT, 29 avg – Sputnik. Toshkent Cityda qurilishi boshlangan birinchi osmonoʻpar binoning nomi eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Markaziy Osiyoda eng baland boʻlishi kutilayotgan binoning nomi - Nestone, yaʼni "Birinchi uya" boʻladi. Bino yaratuvchilari aytishiga qaraganda, ushbu nom binoda yashovchilar va mehmonlar uchun - shinam va xavfsiz joy maʼnosini anglatadi.

51-qavat boʻlishi kutilayotgan  binoning balandligi 266, 5 metr boʻladi. Ushbu osmonoʻpar binoda kishi 365 kun binoni tark etmay yashashi mumkin boʻladi. Unda ofislardan tashqari, restoranlar, sport zallari hamda 746ta lyuks kvartiralar boʻladi. Yer ostki qatlamlarida parkovkalar joylashadi.

Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollarni tashkil qiladi. Osmonoʻpar bino qurilishida oʻzbekona urf-odatlar, milliy arxitektura uslublari ham inobatga olingan. Binoda karavot (topchan) qoʻyish uchun maxsus joylar ham boʻladi, deyilgan xabarda.

Murad Buildings va Turkiyaning Ozguven kompaniyalari hamkorligida qurilayotgan binodagi kvartiralar narxi 14 sentyabrda eʼlon qilinadi va shu kundan ularni sotish boshlanadi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Nestone - nazvaniye neboskreba v Tashkente

 

Asosiy mavzular