13:39 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Granulы polipropilena

Xitoy bilan hamkorlikda tabiiy gazdan qimmatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqariladi

© Sputnik / Aleksandr Graщenkov
Iqtisod
Havola olish
197 0 0

Oʻzbekiston Xitoy sarmoyalari yordamida tabiiy gazdan polietilen va polipropilen kabi mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi mumkin.

TOSHKENT, 29 avg – Sputnik. Oʻzbekiston hukumati va Xitoyning CITIC fondi umumiy qiymati $1 mlrd. Dollar boʻlgan investitsiya fondi tashkil qilishdi, deb xabar qilmoqda Savdo va investitsiyalar  vazirligi matbuot xizmati.

“Oʻzbekiston Savdo va investitsiyalar vazirligi hamda Xitoyning CITIC korporatsiyasi orasida umumiy qiymati $1 mlrd dollar boʻlgan oʻzbek-xitoy investitsiya fondi tashkil qilish haqida bitim imzolandi”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Ushbu kelishuv Xitoyga Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tashrifi oldidan imzolandi.

Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekiston-Xitoy investitsion fondi mablagʻlari ustuvor, kimyo, neft-kimyo, neft-gaz sohasida yuqori texnologiyali loyihalarni tezkor amalga oshirish uchun xizmati qiladi. Yaqin vaqt ichida Savdo va investitsiyalar vazirligi ushbu sohada investitsiyalar kiritilishi kerak boʻlgan korxonalar roʻyxatini tayyorlab taqdim etishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyida Oʻzbekiston va Xitoyning CITIC Construction korporatsiyasi vakillari Oʻzbekistonda tabiiy gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi - MTO (methanol to olefins) asosida tabiiy gazdan qimmatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish haqida kelishib olishgan edi.

Asosiy mavzular