02:35 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
36910

Hindiston kompaniyasi yaqin 5 yil ichida Sergelida 500 million dollarlik uy joy, universitet va boshqa binolar qurib beradi.

TOSHKENT, 29 avg – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi Hindistonning “Minerva world of knowledge” MCHJ kompaniyasi bilan yangi investitsiya kelishuvi imzolashdi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.

Sergeli hududida yaqin 5 yil ichida Hindiston kompaniyasi tomonidan aholi turar joylari, yangi universitet, tibbiyot va sport majmuasi, maktabgacha taʼlim muassasasi, savdo-koʻngilochar majmua va yotoqxonalar quriladi, - deyilgan xabarda.

Ushbu kelishuv kompaniya bilan 4oy davomida olib borilgan muzokaralar natijasi boʻldi.

Toshkent shahar hokimiyati va “Minerva world of knowledge” MCHJ kompaniyasi orasida imzolangan investitsion shartnomaning umumiy qiymati 500 million dollarni tashkil qildi.

Eslatib oʻtamiz, 27 avgust kuni Toshkent shhar hokimligida Jahongir Ortiqxoʻjayev hamda Anil Kumar Shastri boshchiligidagi Hindiston delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtgan edi.

Asosiy mavzular