O‘zbekiston fuqarolari davlat budjetini “nazoratga oladilar”

Obuna bo‘lish
Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Fuqarolar davlat budjetini nazorat qilishda ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi xabar qildi.

Preziden tomonidan imzolangan “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan qonun hujjatlariga budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi.

Uzbekskie sumi - Sputnik O‘zbekiston
Moliya vazirligi O‘zbekistonda budjet pullarini o‘marganlarni fosh qildi

Xususan:

- davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari loyihasi, ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarning auditi va baholash natijalari yuzasidan Hisob palatasining xulosalari majburiy ravishda e’lon qilinadi;

- vazirlik va idoralar budjet mablag‘laridan foydalanish, o‘tkazilgan tanlovlar va sotib olingan tovarlarni yetkazib berish to‘g‘risida axborotlarni o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi;

- mahalliy budjetlarni ijrosi bo‘yicha hisobotning xalq deputatlari kengashlarida tasdiqlanish jarayoni OAVda yoritiladi;

- davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari loyihalari, ularning ijrosi bo‘yicha hisobotlarni hamda kelgusi ikki yilga oid budjet mo‘ljali Oliy Majlisga taqdim etilishidan oldin jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0