03:19 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Zolotыe slitki

Oltin koʻp, u bizga hech qanaqa pul keltirmaydi - Moliya vaziri oʻrinbosari

Sputnik / Pavel Lisitsыn
Iqtisod
Havola olish
1190 0 0

Oʻzbekistonning xalqaro rezervlardagi puli hozirda 22 milliard dollarni tashkil etadi. Bu qiymatning yarmi oltin, yarmi valyuta koʻrinishida

TOSHKENT, 31 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Moliya vaziri oʻrinbosari jurnalistlar bilan uchrashuvda oltinni koʻp ushlab turish kerak emasligi, uni pul keltiradigan narsalarga tikish lozimligi haqida gapirdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati.

Moliya vazirligi, markaziy bank mutasaddilari ishtirokida "Davlat qarzini samarali boshqarish" mavzusida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Oʻzbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 23,5 %iga teng boʻlgani maʼlum qilingan.

Moliya vazirligi boshqarma boshligʻi Jasur Qarshiboyev yil boshida 9,9 milliard boʻlgan davlat tashqi qarzi 6 oyda qariyb 13,1 milliard dollarga oʻsganini taʼkidlagan. Aytilishicha, qarzlarning ayrimlari uzoq va oʻrta muddatlarga olingan, qolaversa, imtiyozli davrda foiz stavkasi toʻlanib, qarz summasi toʻlanmaydi.

Muloqot davomida jurnalistlar xalqaro rezervlardagi kapital va uni boshqarish samaradorligi haqida savol berdi.

"Markaziy bank respublika nomidan xalqaro rezervlarni boshqaradi, — deb aytgan moliya vaziri oʻrinbosari Odilbek Isoqov. — Oʻzbekistonning xalqaro rezervlardagi puli hozirda 22 milliard dollarni tashkil etadi. Bu qiymatning yarmi oltin, yarmi valyuta koʻrinishida. Faqat banklarga depozit qoʻyavermasdan bosqichma-bosqich moliyaviy bozorlarga chiqishni ham yoʻlga qoʻyish kerak. Chunki shu orqali depozitlardan koʻra koʻproq foyda olib kelish imkoniyatlari mavjud. Oltinni ham aslida koʻp ushlab turishimiz kerak emas. Oltin oʻzi koʻp, u bizga hech qanaqa pul keltirmaydi. Oltinni pul keltiradigan, foiz hisobida foyda keltiradigan narsalarga tikish kerak".

Qayd etilishicha, 30 iyun holatiga koʻra, davlat ichki qarzi 5,4 milliard dollar ekvivalentini tashkil etgan. Shundan 97 % qarz hukumat tomonidan kafolatlangan. Qolgan 3 foiz qarz esa hukumat tomonidan jalb etilgan.

Asosiy mavzular