13:42 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Neftepererabatыvayuщiy zavod

Xitoy Tojikistonga neftni qayta ishlash zavodi qurib berdi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin
Iqtisod
Havola olish
257 0 0

Tojikistondagi neft zavodi bir yilda 300 tonnadan 500 000 tonnagacha neftni qayta ishlash quvvatiga ega.

TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. Xitoyning  SNPC kompaniyasi Tojikistonda neftni qayta ishlovchi yirik zavod qurilishini yakunladi, deb xabar qilmoqda UzA.

Neftni qayta ishlovchi zavod “Dangʻara” erkin iqtisodiy zonasida “TK-Oil” tojik-xitoy qoʻshma korxonasi bilan birgalikda qurildi. Mazkur zavod bir yilda 300 tonnadan 500 000 tonnagacha neftni qayta ishlash imkoniyatiga ega.

“Dangʻara” Erkin iqtisodiy zona injenerlarining aytishlaricha, xom neft mahsulotini olib kelish uchun avvaliga temir yoʻl qurilishi rejalashtirilgan, ammo temir yoʻl katta transport yoʻlini kesib oʻtishi maʼlum boʻlgach, koʻprik qurilishi zarur boʻlib qoldi. Shu sababli zavodga qadar neft quvurlari yotqizildi, Xitoyliklarning hisob-kitoblariga qaraganda bu yoʻl arzonga tushar ekan.

Ayni damda Xitoy kompaniyasi Qozogʻistondan neft importi borasida muzokaralar olib bormoqda, biroq Moʻminovning aytishicha, hozircha korxonaga xom neft olib kelinmagan.

Dangʻaradagi neftni qayta ishlovchi zavod 2016 yilning kuzida ishga tushishi kerak edi, biroq bir necha yildan beri uning ishga tushirilishi keyinga qoldirib kelinadi. Buning sabablaridan biri mamlakatdagi muammoli bank boʻlmish “Agroinvestbank“da 12 million dollarning ushlanib qolinishidir.

Yaqinda Dangʻara tuman raisining birinchi oʻrinbosari Jamshed Sharifzoda matbuot anjumanlaridan birida bayonot berib, neftni qayta ishlovchi zavod investori “Agroinvestbank“dan oʻzining 12 million dollarini olgani va zavod endilikda sinov rejimida faoliyat yuritayotganini aytgan edi.

Tojikiston neftning katta qismini Rossiyadan import qiladi. Shartnomaga koʻra bu mamlakat Tojikistonga boj toʻlovlarisiz bir million tonnagacha neft yetkazib berishi kerak. Rasmiy statistikaga koʻra, 2018 yilda Tojikiston 310,8 million dollarlik 446 000 tonna neft import qilgan.

Asosiy mavzular