14:11 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Administrativnoye zdaniye v gorode Nukus respubliki Karakalpakstan

“Nukus” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi

© Flickr/ Anton Ruiter
Iqtisod
Havola olish
64 0 0

“Nukus” EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yil boʻlib, uning hududida alohida soliq va bojxona tartiblari amal qiladi.

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik.  “Nukus” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston prezidenti farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra “Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi “Nukus” erkin iqtisodiy zonasiga aylantirildi.

Tashqi bozorlarda talab kuchli boʻlgan va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish “Nukus” EIZning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

“Nukus” EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yil boʻlib, uning hududida alohida soliq va bojxona tartiblari amal qiladi.

Shuningdek, farmonga koʻra “Nukus-farm” EIZ ishtirokchilari qoʻshimcha tartib-taomillardan oʻtmagan holda “Nukus” EIZ ishtirokchisi maqomiga ega boʻladi va ular uchun qonunchilikda avval nazarda tutilgan imtiyozlar va preferentsiyalar saqlab qolinadi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi yigʻilishda Qoraqalpogʻistonni yanada taraqqiy ettirish boʻyicha beshta ustuvor yoʻnalishni belgilab bergan edi. Sanoatni rivojlantirish, barcha tarmoqlarda yirik va kichik ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, tadbirkorlik gullab yashnashi uchun keng yoʻl ochib berish va uni har taraflama qoʻllab-quvvatlash shular jumlasidandir.

Asosiy mavzular