13:48 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Ikki hafta ichida 1,7 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlangan – Oʻzneftgazinspektsiya

© Sputnik / Dmitriy Korobeynikov
Iqtisod
Havola olish
16510

Oʻzbekistonda gazobeton, gʻisht va bitum ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ulkan miqdorda gaz oʻgʻirlangani aniqlandi.

TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. Respublika boʻyicha 2 hafta ichida 1,7 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlangan – deb xabar qildi “OʻZNEFTGAZINSPEKTSIYA”.

“Joriy yilning 16 avgustidan 30 avgustiga qadar Respublika boʻyicha profilaktika tabirlari natijasida jami 1 mlrd. 698 mln soʻmdan ortiq 2 mln. 98 ming metr kub boʻlgan tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalangan 133 ulgurji isteʼmolchi aniqlandi”, - deyilgan xabarda.  

Xususan, Navoiy viloyatida joylashgan “Zararfshon Golden Grup” MCHJga qarashli ohak ishlab chiqarish tsexida 314 mln soʻmdan ortiq, 315 ming metr kub, Samarqand viloyatida joylashgan “Fortuna Gold Invest Ltd” MCHJga qarashli gazbetonli gʻisht ishlab chiqarish tsexida 99 mln soʻmdan ortiq miqdordagi 282 ming metr kub, shuningdek, Toshkent viloyatida joylashgan “Progress Agro Business” MCHJ, “Dong San” MCHJ, “Glass Tech Servis” MCHJ, korxonalariga qarashli parrandachilik fermalarida va bitum ishlab chiqarish tsexlarida jami 503 mln soʻmdan ortiq 602 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Respublika boʻyicha yil boshidan boshlab 2000 ga yaqin tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari aniqlangan boʻlib, tegishli choralar koʻrish uchun hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Oʻzneftgazinspektsiya xabariga koʻra, oʻgʻirlik – qimmatli xom ashyoning aholiga toʻliq yetkazib berilmasligiga, respublika iqtisodiga putr yetkazishga olib keladi, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular