17:27 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Myaso

Oʻzbekistonda goʻsht narxi oshishi sabablari maʼlum boʻldi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
53211

Goʻsht narxi oshishiga sabab, birinchidan - ozuqa bazasi yetishmasligi, ikkinchidan - uni koʻp isteʼmol qilinayotgani - fermer xoʻjaliklar kengashi raisi.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Fermer va dehqon xoʻjaliklari kengashi raisi Aktam Hayitov aytishiga qaraganda goʻsht narxining oshishiga sabab uning koʻp isteʼmol qilinayotganida, deb xabar qilmoqda Kun.uz.

“Goʻsht narxi nega qimmatlab ketyapti deb oʻylaysizlar? Toʻgʻri, ozuqa yetishmasligi birinchi sabab, ikkinchidan, bugun biz juda koʻp goʻsht isteʼmol qilyapmiz. Shunchalik koʻp goʻsht yemoqdamizki, buning natijasida koʻpgina kasalliklar paydo boʻlyapti. Buni “Amerika kasalligi” deyishadi, bu kasallik menda ham bor, hammamizning tanamizda ortiqcha goʻsht bor. Men faqat goʻshtni aytmayapman, ovqatlanish madaniyatimiz yoʻq”, - dedi Hayitov.

Hayitov shuningdek, Oʻzbekistonda chorva hayvonlar sonini oshirish uchun ozuqa yetishmaslik muammosini ham koʻtardi. Uning soʻzlariga koʻra, chora sonini oshirishga ozuqa maydonlari va ozuqabop ekinlar yetishtirilayotgan maydonlar kamligi va ushbu sohaga yetarli darajada eʼtibor berilmayotganini ham aytib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, kecha 10 sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakillari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtgan edi.

Asosiy mavzular