20:25 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

OTB Oʻzbekistonga milliy valyutadagi obligatsiyalarini chiqarishda yordam beradi

© Tsentrobank
Iqtisod
Havola olish
114 0 0

Uchrashuv davomida tomonlar OTBning milliy valyutaga oid ofshor obligatsiyalarini chiqarish orqali loyihalarni moliyalashtirishda hamkorligiga doir bir qator masalalarni koʻrib chiqdilar.

TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Markaziy bank rahbariyati Osiyo taraqqiyoti banki  delegatsiyasi bilan xalqaro kapital bozoriga milliy valyutadagi obligatsiyalarini chiqarish boʻyicha hamkorlikni kengaytirishga oid masalalar muhokama qildi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar OTBning milliy valyutaga oid ofshor obligatsiyalarini chiqarish orqali loyihalarni moliyalashtirishda hamkorligiga doir bir qator masalalarni koʻrib chiqdilar.

OTB kelgusida pul (valyuta) bozoriga instrumentlarni joriy qilish orqali ichki bozordagi operatsiyalarini sezilarli kengaytirishi mumkinligi belgilab olindi.

Shuningdek, tomonlar OTB va Markaziy bank oʻrtasidagi hamkorlik, xususan, texnik koʻmak va salohiyatni rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildilar.

Asosiy mavzular