20:04 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Oʻzbekiston “Mayya deklaratsiyasiga” qoʻshildi

© TSB
Iqtisod
Havola olish
340 0 0

Oʻzbekiston Markaziy banki aholi orasida moliyaviy ommaboplikni rivojlantirishni maqsad qilgan "Mayya deklaratsiyasiga" qoʻshildi.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki delegatsiyasi 11-13 sentyabr kunlari Ruandaning Kigali shahrida boʻlib oʻtgan Moliyaviy ommaboplik alyansining 4-umumiy yigʻilishi va global siyosiy forumida ishtirok etdi.

“Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki delegatsiyasi Mayya deklaratsiyasini qabul qilganligi toʻgʻrisidagi bayonotni eʼlon qildi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Mayya deklaratsiyasini qabul qilgan 78-tashkilot boʻldi”, - deyilgan xabarda.  

Mayya deklaratsiyasi – 2011 yilda Meksikaning Rivyera Mayya shahrida qabul qilingan boʻlib, uning asosiy maqsadi aholi orasida - MOA aʼzolari tomonidan moliyaviy ommaboplik siyosatini rivojlantirish, ommaboplikni oshirish, moliyaviy xizmatlar sifati va qoʻlamini kengaytirish boʻyicha masʼuliyatni olish hisoblanadi.

Moliyaviy ommaboplik alyansi (MOA) tomonidan oʻtkazilgan Global siyosiy forumda 90 dan ortiq mamlakatlarning 100 dan ortiq aʼzo tashkilotlari ishtirok etdi. Ushbu forum aʼzo tashkilotlar oʻrtasida tajriba, bilim va tashabbuslar almashinuvi uchun muhim platforma hisoblanadi.

MOAning toʻrtinchi yillik umumiy yigʻilishida “Aholining alohida guruhlari uchun moliyaviy integratsiyani jadallashtirish” Kigali bitimi, elektron pullar sohasidagi moliyaviy siyosat modeli va moliyaviy ommaboplikning asosiy koʻrsatkichlari toʻplami boʻyicha modellar koʻrib chiqildi va tasdiqlandi.

Asosiy mavzular