Rossiya 4 kunlik ish haftasiga o‘tadimi ?

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishFestival svobodnogo tvorchestva "Pustie xolmi"
Festival svobodnogo tvorchestva Pustie xolmi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning bir necha korxonalarida 4 kunlik ish haftasiga o‘tish bo‘yicha tajriba tayyorlanmoqda - Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya Mehnat vazirligi Ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga qaratilgan milliy loyiha doirasida 4-kunlik ish haftasini joriy etish borasida tajriba o‘tkazmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Izvestiya nashriga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu tajribada ilmiy-texnik, qayta ishlash, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida ishlaydigan korxonalar ishtirok etadi.   

“Korxonalarda ishchilar 30-40 % vaqtini bekorchilik bilan o‘tkazadi. Bizning vazifamiz ish soatlarini kamaytirish emas balkim mehnat unumdorligini oshirishdir”, - deydi ushbu tajriba bilan shug‘ullanayotgan Iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Potr Zaselskiy.

Vazir o‘rinbosari aytishiga qaraganda, 4-kunlik ish haftasiga o‘tish haqida hozircha hech qanday aniq qarorga kelingani yo‘q, chunki ushbu tartibni dastlab ko‘roq korxonalarda sinovdan o‘tkazish kerak. Bir-ikkita korxona misolida uning natijasini tushunish qiyin.

Moskovskoe mejdunarodnoe avtomobilnoe shou Avtoekzotika-2009 - Sputnik O‘zbekiston
Nima uchun Rossiya ayollarining ko‘pchiligi ishlamaydi

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish mavzusini birinchilardan bo‘lib bosh vazir Dmitriy Medvedev ko‘targan edi. Mededev aytishiga qaraganda “buning iloji bor, lekin bir zumda amalga oshirib bo‘lmaydi”.

“Maoshlar darajasini saqlab qolgan holda 4 kunlik ish haftasiga o‘tish uchun, birinchi navbatda  ish unumdorligini oshirish kerak”, - degan edi Medvedev.

Shundan so‘ng ushbu g‘oyani Profsoyuzlar federatsiyasi qo‘llab-quvvatladi, Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi esa – sentabr oxirigacha o‘z fikrini bildirishi kerak. O‘z navbatida, o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, rossiyalik aksariyat ish beruvchilar ushbu tizimga o‘tishni qo‘llabquvvatlashmagan.  

Yangiliklar lentasi
0