14:15 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Iqtisod
Havola olish
182 0 0

1 oktyabrdan xaridorlardan Oʻzbekiston Ichki ishlar organlarida toʻlanadigan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga amalga oshiriladigan 3% majburiy yigʻim olinmaydi.

TOSHKENT, 16 cen – Sputnik. 2019 yilning 1 oktyabridan eʼtiboran Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun Respublika yoʻl jamgʻaramasiga amalga oshiriladigan 3% miqdoridagi yigʻim avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadi.

UzAuto Motors AJ xabarida qayd etilishicha, endilikda xaridorlar avval Respublika yoʻl jamgʻarmasiga amalga oshiriladigan 3 foiz toʻlovni avtomobil xarid qilayotgan chogʻida avtomobil narxi bilan birga amalga oshirishi lozim boʻladi.

Joriy yilning 1 oktyabriga qadar dilerlik korxonasi bilan oldi-sotdi shartnomasini imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qoʻshimcha kelishuv imzolanadi.  xaridor 3 foiz toʻlovni avtomobilni qabul qilib olish chogʻida dilerlik korxonasiga toʻlashi kerak boʻladi.

“Shu bilan xaridorlardan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida toʻlanadigan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga amalga oshiriladigan 3% majburiy yigʻim olinmasligini maʼlum qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Xabarda UzAuto Motors AJ 1 oktyabrdan eʼtiboran QQS toʻlovchisiga aylananishi va kompaniya mazkur holat xaridorlarga ortiqcha sarf-harajat va noqulaylik keltirib chiqarmasligi uchun barcha saʼy-harakatlar amalga oshirgani qoʻshimcha qilingan.

Taʼkidlanishicha, avtomobil narxlari Respublika yoʻl jamgʻarmasiga amalga oshiriladigan mazkur toʻlovni inobatga olmaganda oʻzgarishsiz qoldirilgan.

Asosiy mavzular