19:59 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Delegatsiya MID respubliki Uzbekistan v Kaire

Misr Oʻzbekiston mahsulotlari eksport hajmini oshirish yoʻlini aytdi

MID Uzbekistan
Iqtisod
Havola olish
204 0 0

Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Misrga tashrif buyurdi.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Dilshod Axatov Misr savdo va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari Ahmad Antar va investitsiyalar va xalqaro hamkorlik vazirining oʻrinbosari Reda Bebars bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi.

Muzokaralar chogʻida ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy, investitsion va sanoat sohalaridagi hamkorligini faollashtirishning amaliy masalalari 2018 yil sentyabr oyida Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi chogʻida erishilgan iqtisodiy kelishuvlarning bajarilishi nuqtai nazaridan muhokama qilindi.

Uchrashuvda Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Misr hukumatlararo komissiyasining 7-majlisining kun tartibi va amaliy jihatlari, uning doirasida biznes forumini oʻtkazish, shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlarining Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi.

“Misr tomoni Oʻzbekiston mahsulotlari eksport hajmini oshirish uchun Misrning Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan amaldagi erkin savdo rejimida berilgan imkoniyatlardan foydalanishni taklif qildi”, - deyiladi TIV xabarida.

Bundan tashqari, Misr xalqaro savdo tizimi Tariflar va Savdo boʻyicha Bosh Bitim / Jahon savdo tashkilotining asoschisi sifatida Oʻzbekistonning JSTga kirish masalasida har tomonlama yordam berishga tayyorligi maʼlum qilindi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston delegatsiyasi Misrga tashrif buyurishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular