15:07 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Gendirektor Natsionalnogo soyuza proizvoditeley govyadinы Roman Kostyuk

Oʻzbekistonga qanday chorvachilik modeli kerak  – ekspert fikri

© Natsionalnыy soyuz proizvoditeley govyadinы
Iqtisod
Havola olish
69501

Dunyoda goʻsht yetishtirish uchun qanday muvaffaqiyatli chorvachilik modellari bor va Oʻzbekistonga qanday chorvachilik modeli kerakligi haqida rossiyalik ekspert nima dedi.

TOSHKENT, 16 sen – Sputnik.   Rossiya Mol goʻshti ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi bosh direktori Roman Kostyuk Sputnik muxbiriga dunyoning rivojlangan davlatlarida mol goʻshti ishlab chiqarish sohasi qanday tuzilgani haqida hikoya qilib berdi.

Butun dunyoda goʻsht ishlab chiqarish bu – har birda 50tadan koʻp boʻlmagan qoramolga ega boʻlgan kichik fermer xoʻjaliklari hamda yirik bir necha oʻnlikdan iborat semirtirish bazalari hamda bir-ikkita yirik professional soʻyish korxonalaridan orasidagi hamkorlik asosida tashkil qilingan.

Shuning uchun ham, chorvachilik rivojlangan AQSH goʻsht ishlab chiqarish sanoati - har birida 50 bosh qoramoldan ortiq boʻlmagan 600 ming kichik oilaviy fermalardan iborat. Qozogʻiston ham ana shunday strategiyani milliy strategiya sifatida tanlagan. Ular bir necha yil ichida 100 mingga yaqin oilaviy fermalar tashkil qilishmoqchi. Ular bir necha semirtirish bazasiga biriktirilgan boʻlib mollar maʼlum yoshga toʻlganda semirtirib soʻyish uchun bazaga topshiriladi. Qozogʻistonda ushbu dastur 2018 yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.

Rossiya ham ushbu yoʻldan borib, kichik hududiy va oilaviy fermalar tashkil qilmoqda va ularga bir necha yirik integratsion maydonlar atrofida rivojlanishi, yirik biznes bilan hamkorlik qilishi uchun sharoitlar yaratilmoqda.  

Shuning uchun ham bir necha kichik bizneslarni yirik biznes bilan birlashtirib, ularning birgalikda rivojlanishiga doʻstona qaraladigan yagona soha – bu goʻsht yetishtirish maqsadida amalga oshirilayotgan chorvachilikdir. Bu yerda yirik semirtirish bazalari kichik xoʻjaliklardan yosh mollarni sotib olib ularni semirtiradi va shu bilan kichik xoʻjaliklar rivojlantirishi uchun ham sharoit yaratadi.

Shuning uchun ham bugun Oʻzbekistonga professional semirtirish va soʻyish bazalari kerak. Oʻshanda kichik fermer xoʻjaliklari moʻʼtadil daromad bilan taʼminlangan boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada Oʻzbekistonda goʻsht narxi oshishi masalasi qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlgan edi. Oʻshanda biz goʻsht narxi oshishiga sabab boʻlayotgan bir necha omillarni keltirgan edik.

Ular orasida ozuqa bazalari, mutaxassislar yetishmasligi va eng katta muammo – zamonaviy professional chorvachilik majmualari yoʻqligi deyilgan edi. 

Shuningdek, bugungi kunda Oʻzbekistonda ommaviy tartibda yetishtirilayotgan chorva mollarida suyakka nisbatan goʻsht miqdori kamligi ham taʼkidlab oʻtilgan edi.

 

Asosiy mavzular