16:13 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Moskva sudi “Beshariqtekstildan” 1 milliard rubl undirish haqida qaror chiqardi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin
Iqtisod
Havola olish
596 0 0

Moskva sudi Oʻzbekiston – Britaniya qoʻshma korxonasidan bankrot boʻlgan Starbank foydasiga 1 milliard rubl undirish haqida qaror chiqardi.

TOSHKENT, 17 sen – Sputnik. Moskvaning Toʻqqizinchi arbitraj sudi Oʻzbekiston – Britaniya qoʻshma korxonasi “Beshariqtekstil” savdo uyidan 1 milliarddan ortiq mablagʻ undirish haqida qaror chiqardi, RIA Novosti xabariga asosan.

Sud qarorida aytilishiga koʻra, Arbitraj sud “Beshariqtekstil”ning may oyida berilgan appelyatsiya arizasiga rad javobi bergan va sud qarori kuchga kirgan.

Bankrot boʻlgan Starbankning yangi boshqaruvchisi – ASV, Starbankdan 2013 va 2015 yillarda imzolangan 3ta kredit shartnomalari boʻyicha AJ "Beshariktekstil" va boshqa javobgar shaxslarini sudga bergan. Birinchi darajali xoʻjalik sudi daʼvogar arizasini toʻliq qondirgan.

Arbitraj sud, xususan, "Beshariktekstil" AJ va moskvaning "Vektor" MJChdan 7,7 million yevro (560 million rubl), "Beshariktekstil" AJ va moskvaning "Beshariktekstil Savdo uyi" MJCH hamda Oʻzbekistonning WBM Textile kompaniyalaridan jami  – 465 million rubldan ortiq mablagʻ undirish haqida qaror chiqargan.

Sud shuningdek, Starbankda garovda turgan tikuvchilik uskunalarini va “Beshariqtekstil” Savdo uyining tayyor mahsulotlarini sotish haqida qaror chiqargan. Garovga qoʻyilgan mulkning boshlangʻich qiymati 542,3 million rublga, sotuvdagi mahsulotlar qiymati 100 million rublga baholanmoqda. Ushbu mulk savdosidan tushgan mablagʻ – kompaniyaning Starbank oldidagi qarzlarini toʻlashga yoʻnaltiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya banki 2016 yilning mart oyida Starbank litsenziyasini toʻxtatgan edi. Bank oʻz hissadorlaridan 14,6 milliard rubl qarz boʻlgan. ASV (Agentstvo po straxovaniyu vkladov) bank qarzlarini toʻlash majburiyatini boʻyniga olgan.

Asosiy mavzular