08:44 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Zdaniye kompanii Ucell

Ucellning Megafon tomonidan sotib olingani tasdiqlanmadi 

© Ucell
Iqtisod
Havola olish
227 0 0

Ucell Rossiyaning Megafon kompaniyasi tomonidan sotib olingani haqidagi xabarlar hozircha tasdiqlanmadi.

TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. Ucell kompaniyasi Rossiyaning Megafon kompaniyasi tomonidan sotib olingani haqidagi xabarldar tasdiqlanmadi. Bu haqida  kompaniya matbuot kotibi Baxtiyor Nasimov Sputnik muxbiri bilan boʻlgan suhbatda xabar qildi.

Biroz oldin mahalliy nashrlarda, kompaniya ichki manbaalariga asoslangan holda Ucell kompaniyasi Megafon tomonidan sotib olingani va u yerda allaqachon qayta jihozlash ishlari boshlab yuborilgani haqidagi xabarlar paydo boʻlgan edi.

Eslatib oʻtamiz, ana shunday xabarlar birinchi marotaba paydo boʻlayotgani yoʻq. 2017 yilning oktyabr oyida ham biznesmen Alisher Usmonov ushbu kompaniyani sotib olishi mumkin degan xabarla paydo boʻlgan edi.

Ucell brendi Oʻzbekistonda ilk bor 2008 yilda paydo boʻlgan edi. Oʻshanda Shvetsiyaning TeliaSonera kompaniyasi mahalliy Coscom operatori asosida yangi brend yaratgan edi. Bugun kompaniya abonentlari soni 7,1 milliondan oshdi. 2018 yilda TeliaSonera Ucellni qarzlari bilan birga Oʻzbekiston Davlat raqobat qoʻmitasiga 215 million dollarga sotgan edi. 

Megafon – Rossiyaning eng yirik uyali aloqa operatori boʻlib bugungi kunda unga Rossiya mobil aloqa bozorining 30 %dan ortigʻi toʻgʻri keladi. Shu bilan birga kompaniya Rossiya hududida eng birinchilardan boʻlib 4G aloqa standartiga oʻtib eng yuqori tezlikda internet xizmati koʻrsata boshlagan edi.

Asosiy mavzular