07:57 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveщanii po voprosam usileniya vnimaniya k molodeji

Shavkat Mirziyoyev mahalliylashtirishda sustkashlikka yoʻl qoʻygan korxonalarni tanqid qildi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
278 0 0

Yigʻilishda joriy yilning oʻtgan davrida yangi loyihalar doirasida bor-yoʻgʻi 1 milliard dollarlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilgani qoniqarsiz deb baholandi.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va koʻlamini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston sanoatini zamon talablari asosida rivojlantirish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va turini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

“Eksportbop va import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, yuqori qoʻshilgan qiymat yaratishga yoʻnaltirilgan sanoat siyosatini yuritishimiz zarur. Mavjud xomashyo va imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish va koʻlamini keskin kengaytirish ushbu sanoat siyosatining negizi boʻlishi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yigʻilishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimining samarali ishlashini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriqlar berildi. Mahalliylashtirishni kengaytirishga qaratilgan eng muhim yoʻnalishlar koʻrsatib oʻtildi. 

Tarmoqlar va yirik korxonalarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalasi muhokama qilinar ekan, joriy yilning oʻtgan davrida yangi loyihalar doirasida bor-yoʻgʻi 1 milliard dollarlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilgani qoniqarsiz deb baholandi. Bu boradagi ishlar sust tashkil etilgan “Oʻzmaxsusmontajqurilish” aktsiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati kabi korxonalar faoliyati tanqid qilindi. 

Asosiy mavzular