15:45 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Sbor urojaya xlopka

Oʻzbek paxtasining asosiy xaridori qaysi mamlakat

© Sputnik / Denis Abramov
Iqtisod
Havola olish
103230

Oʻzbekiston paxta yetishtirish boʻyicha dunyodagi kuchli oʻnlik, paxta tolasining sifati boʻyicha esa kuchli beshlik mamlakatlari qatoriga kiradi.

TOSHKENT, 19 sen – Sputnik. Oʻzbekiston paxtasining xorijdagi eng katta xaridori -  Xitoy. Bu haqda Inspektsiya huzuridagi Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi paxta mahsulotlarini sertifikatlash idorasi boʻlim boshligʻi Zohid Toshmatov AOKAdagi matbuot anjumani maʼlum qildi.

“Oʻzbekiston paxtasining asosiy xaridorlari — mahalliy ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi, — dedi Toshmatov. — Paxta xomashyosining toʻqson foizini mahalliy korxonalar xarid qiladi. Xorijda esa eng katta xaridorimiz — Xitoy Xalq Respublikasi".

U oʻzbek paxtasini xarid qilayotgan mamlakatlar uning sifati uchun qoʻshimcha haq toʻlashlarini taʼkidladi.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston paxta yetishtirish boʻyicha dunyodagi kuchli oʻnlik, paxta tolasining sifati boʻyicha esa kuchli beshlik mamlakatlari qatorida.

Asosiy mavzular