18:01 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
17010

Deklaratsiya 9 banddan iborat boʻlib, unda mamlakatlarning 2030 yilgacha umumiy energetika strategiyasini ishlab chiqish borasida hamkorlik qilish majburiyatlari aks etgan.

TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning energetika vazirlari ularning mamlakatlariga “MOMIH-2030” uchun umumiy energetika strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish majburiyatini yuklaydigan qoʻshma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Hujjatni imzolash Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (MOMIH) ishtirokchi davlatlari  energetika vazirlarining Oʻzbekiston poytaxtida boʻlib oʻtgan birinchi muloqoti doirasida amalga oshirildi.

Deklaratsiya 9 banddan iborat boʻlib, unda mamlakatlarning 2030 yilgacha umumiy energetika strategiyasini ishlab chiqish va BMTning  barqaror rivojlanish sohasida "toza energiyadan foydalanishga erishish" haqida gapirilgan yettinchi maqsadiga erishish borasida hamkorlik qilish majburiyatlari aks etgan.

Yangi Energetika strategiyasi MOMIH-2030 Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Strategiyaning maqsadi 2030 yilgacha BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibiga muvofiq mintaqada ishonchli, barqaror, isloh qilingan energiya bozorlarini yaratishdir. 

 – Bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari oʻz oldiga katta maqsadlarni qoʻymoqda. Oʻzbekiston moliyaviy va ekologik jihatdan barqaror energiya sanoatini rivojlantirish tarafdoridir. Biz oʻz maqsadimizga erishish uchun MOMIH mintaqasining boshqa davlatlari va xalqaro moliya manbalari bilan ishlashdan umidvormiz, – dedi Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov. 

 Deklaratsiyani imzolagan mamlakatlar, shuningdek, quyidagi majburiyatlarni oldi:

- 2023 yilgacha shamol va quyosh energiyasidan elektr energiyasi ishlab chiqarishni ikki barobarga koʻpaytirish;

- xususiy sektorga investitsiyalar kiritilishini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish uchun investorlarga maʼqul meʼyoriy-huquqiy bazani yaratish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish;

- MOMIH doirasida moliyalashning mintaqaviy mexanizmlarini yaratish;

- MOMIH mintaqasida energetika sohasida kam sonli boʻlgan ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish. 

Qayd etish kerakki, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (MOMIH) mamlakatlari energetika vazirlarining birinchi muloqoti Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tashkil etildi. 

Asosiy mavzular