Rossiya davlat xizmatchilari sonini 15 %ga qisqartiradi

© Sputnik / © Sputnik / Aleksey DanichevMujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto
Mujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada davlat xizmatchilari sonini qisqartirib, tejalgan mablag‘ hisobidan qolgan xodimlar maoshini oshirish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Yangi 2020-yildan boshlab Rossiyada davlat boshqaruvi sohasida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkaziladi, deb xabar qildi moliya vaziri o‘rinbosari Tatyana Nesterenko, RIA Novostiga.

Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda davlat xizmatchilari soni 25 %ga qisqartiriladi

Nesterenko aytishiga qaraganda, 2020-yilda Rossiyada federal boshqaruv tizimida ishlayotgan xizmatchilar soni 10 %ga, hududiy boshqaruv sohalari xodimlari – 5%ga qisqartiriladi. 2021-yilda esa qisqartirishlar soni 15% ga yetkaziladi.

Moliya vaziri o‘rinbosari aytishiga qaragandan, ushbu tadbirning maqsadi davla davlat organlari samaradorligini oshirishdir. Qisqartirish evaziga tejalgan qo‘shimcha mablag‘lar ishlayotgan xodimlar maoshini oshirishga qaratiladi.  

Vazir o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada vazirlik va boshqa federal muassasalarning hududiy boshqarmalari davlat organi sifatida yuridik maqomidan mahrum bo‘ladi. Ularning o‘rnika ixcham front-ofislar tashkil qilinadi va ular aholiga axborot xizmatlari ko‘rsatish va tashkiliy tadbirlar bilan shug‘ullanishadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyada iqtisodiy faol aholidan 1,7 % davlat xizmatchisi maqomiga ega. Harbiylar va huquqni saqlash organlari xodimlari ushbu shaxslar tarkibiga kirmaydi. 

Yangiliklar lentasi
0