02:36 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
29010

Toshkent viloyatida qoʻylarni muzlatilgan urugʻ yordamida sunʼiy urugʻlantirish uslubi samarali ishga tushirildi.

TOSHKENT, 24 sen – Sputnik. Oʻzbekiston ilm-fan tarixida ilk bor qoʻylar muzlatilgan urugʻlar yordamida sunʼiy urugʻlantirilmoqda, deb xabar qildi OʻzA.

– Oʻzbekiston ilm-fan tarixida ilk bor qoʻylar Shimoliy Kavkaz naslli qoʻchqorlarining muzlatilgan urugʻlari yordamida sunʼiy urugʻlantirilmoqda, – deydi Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Ohangaron boʻlimi boshligʻi, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori Nuriddin Roʻziboyev. – Ushbu tajriba Ohangaron tumanidagi “Xoltoʻrayev Oybek XM” fermer xoʻjaligida amalga oshirilmoqda. Rossiyalik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda kelasi yildan boshlab oʻzimizning sharoitda naslli qoʻchqorlar urugʻini olish, muzlatish va saqlashni yoʻlga qoʻyamiz.

Mutaxassislarning fikricha, chorva, xususan qoʻylarni naslli qoʻchqorlar urugʻi bilan sunʼiy urugʻlantirish qoʻylarning genofondini yaxshilab, mahsuldorlikni oshiradi. Jumladan, qoʻylarning vazni oʻrtacha 50-55 dan 60-65 gacha va hatto 80 kilogrammgacha, qoʻchqorlarning vazni esa 80-90 dan 120-130 kilogrammgacha yetishi mumkin. Shuningdek, jun olish boʻyicha ham samaradorlik sezilarli ortadi.

Xabarda aytilishiga koʻra, oʻtgan asrning 80-yillarida respublikamizda 200 mingdan ziyod goʻshtdor-serjun qoʻylar boʻlib, ayni paytda ularning soni keskin kamaygan. Shuningdek, goʻshtdor-serjun qoʻylarning mahsuldorligi ham pasaygan.

Ushbu sohani rivojlantirish maqsadida Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Ohangaron boʻlimi Rossiyaning Butunrossiya qoʻychilik va echkilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida, jahon genofondiga xos Shimoliy Kavkaz naslli qoʻchqorlarining muzlatilgan urugʻlari olib kelingan.

Asosiy mavzular