02:00 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
164721

Birinchi oktyabrdan, avtomobil sanoatiga berilgan barcha imtiyozlar bekor qilinganidan soʻng narxlar oshadimi – “Oʻzavtosanoat” javobi.

TOSHKENT, 24 sen – Sputnik. Maʼlumki, 1 oktyabrdan boshlab “Oʻzbekiston” avtomobil sohasiga taqdim etilgan barcha imtiyozlarbekor qilinadi. Xoʻsh, shundan soʻng avtomobillar narxi oshadimi?

“Oʻzavtosanoat” raisi Shavkat Umurzoqov Sputnik muxbirining savollariga javob berdi.

Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan

Biz ushbu yangi qonun kuchga kirishini kutmasdan, avtomobillar tannarxlarini tushirish harakatlarini boshlab yuborganmiz. Ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va korruptsiya holatlarini yoʻqotish evaziga avtomobillarni ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga erishdik, - deydi Umurzoqov.

Undan tashqari avtomobil sohasida narx tushirishning eng asosiy uslubi – ishlab chiqarilayotgan mahsulot sonini oshirishdir. Yaʼni ishlab chiqarilayotgan avtomobil soni qancha koʻp boʻlsa – uning tannarxi shuncha arzon boʻladi.

Albatta, bugun bir dona avtomobil bilan bozorni egallab boʻlmaydi. Shuning uchun dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bir xil platformada 3-4tagacha avtomobil ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga harakat qilishmoqda.  Shunday qilib avtomobil narxini tushirish mumkin.

Ushbu qoidaga amal qilgan holda, biz ham bir xil platformada koʻproq avtomobil ishlab chiqarishga harakat qilmoqdamiz. Masalan, biz hozir GMdan olgan 3ta platformada 5ta avtomobil ishlab chiqarayapmiz. 5 yildan keyin ularni feyslift qilish mumkin, bu 10ta avtomobil degani.  

Maʼlumki, bir platformada ishlab chiqarilayotgan avtomobilning ehtiyot qismlari 40-50 %gacha bir xil boʻladi. Demak biz bir xil detallarni koʻproq miqdorda va arzonroq sotib olishimiz mumkin.

Undan tashqari biz ishlab chiqarayotgan modellarni GM global model deb eʼlon qildi, demak ular dunyo boʻylab 2-3 million dona ishlab chiqariladi. Bu - ehtiyot qismlarni yanada arzonroq sotib olish imkoni paydo boʻladi degani.  

Uchinchidan, lokalizatsiya darajasini oshirish. Bugungi kunda biz allaqachon 50% lokalizatsiya darajasidan oʻtib ketganmiz. Kelajakda lokalizatsiya darajasini 90%gacha yetkazishni niyat qilganmiz, lekin hamma narsani Oʻzbekistonda ishlab chiqarishning iloji yoʻq va iqtisodiy asoslanmagan.

Biz bugungi kunda Oʻzbekiston ichida ishlab chiqarish mumkin boʻlgan barcha ehtiyot qismlarni ishlab chiqarmoqdamiz. Ayrim ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishning imkoni yoʻq – masalan, xavfsizlik yostiqchalarini. Turli sabablarga koʻra ularni dunyoda faqat 3ta kompaniya ishlab chiqarar ekan.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, "Oʻzavtosanoat" AJ raisi Shavkat Umurzoqov yuqorida amalga oshirilgan choralar tufayli avtomobillar narxini imkon qadar oʻzgarishsiz ushlab qolishni vaʼda berdi. Shu bilan birga kompaniya mahsulot tannarxini tushirishda davom etishini ham maʼlum qildi.

 

Asosiy mavzular