01:59 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
30310

Oʻzbekiston va Rossiya kelishuvi asosida 2020 yil boshida Rossiyada Spark avtomobillarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkin.

TOSHKENT, 24 sen - Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Lokalizatsiya-2019” koʻrgazmasi doirasida “Oʻzavtosanoat” raisi Shavkat Umurzoqov Spark avtomobillarini Rossiyada ishlab chiqarish haqida kelishuvga erishilgani haqida xabar qildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

"Rossiya tomon faqat A-klass avtomobillarini ishlab chiqarishga ruxsat berdi. Bu bizdagi Spark modeliga toʻgʻri keladi", - dedi Umurzoqov.

Ayni damda, Rossiya va Oʻzbekiston tomonidan maxsus tashkil qilingan ishchi guruh ushbu loyiha tafsilotlarini ishlab chiqmoqda. Uning asosiy maqsadi - avtomobil tannarxini tushirish va texnik masalalarni malakali hal qilishdir. Loyihani amalga oshirish 2020 yilning birinchi kvartalida boshlanadi, deb qoʻshimcha qildi “Oʻzavtosanoat” rahbari.

Bizning maqsadimiz – faqatgina Rossiya bozorida boʻlish emas. Biz ushbu sohaga xalqaro tajribaga ega boʻlgan ekspertlarni taklif qilib, avtomobillarni xaridorlar uchun arzonroq narxlarda yetkazib berishga harakat qilmoqdamiz, - deydi Umurzoqov.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekiston va Rossiya avtomobil sanoatida izchil hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Masalan Rossiya Oʻzbekiston avtomobillari uchun metall prokati yetkazib beradi. Oʻzbekiston esa Rossiyaning GAZ va VAZ yirik ishlab chiqaruvchilari konveyerlariga avtomobil yoritish chiroqlarini yetkazib beradi.

Asosiy mavzular