02:27 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
36510

Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda Tojikiston oldida energetika sohasida qanday maqsad va vazifalar turganini aytdi.

Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda Energetika investitsion forumida (EIF) Tojikiston elektr elektr energiyasini eksport qilishga tayyorligini maʼlum qildi.

Vazir Tojikistonda 96 foiz elektr energiyasi gidroelektrostantsiyalarida ishlab chiqarilishini eslatib oʻtdi.

U Tojikiston Markaziy va Janubiy Osiyo tarmoqlarini ulash chegarasida juda qulay joyga ekanligini tushuntirdi.

Oʻtgan yili Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatiga 1,4 milliard kVt/soat elektr energiyasi eksport qilingan. 2019 yilda 8 oy davomida esa 1,2 milliard kVt/soat elektr energiyasi eksport qilingan.

“May oyidan boshlab oktyabr oyi oxiriga qadar Tojikiston Afgʻonistonga elektr energiyasini eksport qilmoqda”, - deya qoʻshimcha qildi Usmonzoda.

Shunday qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlari energiya halqasini yaratishga kelishib olishdi. Joriy yil yakuniga qadar Oʻzbekistonning eng yirik podstantsiyalaridan biri boʻlmish “Guzar” Tojikistonning yirik podstantsiyasi “Regar” bilan bogʻlanadi.

Oʻzbekiston Energetika vazirining oʻrinbosari Sherzod Xodjayevga koʻra, Oʻzbekiston mintaqaviy energiya halqasini ishga tushirish uchun harakat qilmoqda va bu loyiha 2023 yilga kelib amalga oshishi mumkin.

Usmonzoda rasskazal o gotovnosti Tadjikistana k eksportu elektroenergii v TSA

Asosiy mavzular