02:37 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
653 0 0

Oʻzbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2019 yil 1 iyul holatiga necha milliard dollarni tashkil qilgani eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 25 sen – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2019 yil 1 iyul holatiga 20,7 mlrd $ni tashkil qildi. Mamlakat tashqi qarzi yil boshidan 20%ga yoki 3,4 mlrd $ga oshgan.

Ushbu raqamlar Markaziy bankning 2019 yilning I yarim yili uchun toʻlov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi, shuningdek, tashqi qarz boʻyicha maʼlumotlarida keltirilgan.

Vneshniy dolg Uzbekistana vыros do $20 mlrd
TSB Uzbekistana
Vneshniy dolg Uzbekistana vыros do $20 mlrd

Qarzdorlikning oʻsishi asosan davlat sektoriga toʻgʻri keldi (3,1 mlrd $), shundan 1 mlrd $ xalqaro obligatsiyalar hisobiga shakllangan.

Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 330,3 mln $ga oshdi.

Xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 1 mlrd $ qarzdorlik jalb qilindi.

Qarzlarni jalb qilish asosan:

- banklar — 534,3 mln $;
- neft-gaz va energetika tashkilotlari — 206 mln $;
- toʻqimachilik sektori korxonalari — 40,7 mln $;
iqtisodiyotning boshqa sektorlari — 230,5 mln $ tomonidan amalga oshirildi.

Toʻlovlar
Davlat tashqi qarzi boʻyicha 203,4 mln $ miqdordagi asosiy qarz va 103,7 mln $ miqdordagi foiz toʻlovlari amalga oshirilgan.

Xususiy tashqi qarz toʻlovlari asosiy qarz boʻyicha 706,6 mln $ va foiz toʻlovlari boʻyicha 182,8 mln $ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston tashqi qarzi muntazam oʻsib bormoqda – bu yaxshimi yoki yomon?

Bunda, asosiy qarz va foizlar boʻyicha toʻlovlarning eng katta qismini hanuzgacha neft-gaz va energetika sektori korxonalari hamda banklar amalga oshirmoqda.

Asosiy mavzular