Bankomatlarda faqat so‘m: MB valyutalar ayirboshlashning yangi tartibini ochiqladi

© Foto : GlobUzV Tashkente zarabotal perviy bankomat s funksiyey obmena valyuti
V Tashkente zarabotal perviy bankomat s funksiyey obmena valyuti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 oktabrdan O‘zbekiston hududidagi bankomatlarda endilikda faqat milliy valyuta – so‘mni yechish mumkin bo‘ladi. Dollar, yevro va boshqa xorijiy pul birliklari uchun esa ayirboshlash shahobchalariga murojaat qilish kerak.

TOShKENT, 26 sent - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 1-oktabridan respublika hududida bankomatlar orqali xorijiy valyuta yechishni ta’qiqlash to‘g‘risida rasmiy bayonot berdi. Bu haqida ilgari ayrim tijorat banklari xabar bergandi.

Moliyaviy regulyator ochiqlashicha, bunday tadbirlar o‘tkazilishining sababi, O‘zbekiston fuqarolarida endilikda pul ayirboshlash shahobchalari va banklarda xorijiy valyutani cheklanmagan miqdorda almashtirish imkoniyati mavjud bo‘lgan. Bunday operatsiyalarni bankomatlar orqali amalga oshirish esa muayan xavf-xatar va qonundan yiroq sxemalarning vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

"Noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan daromadlarni legalizatsiya qilish, xususan, mamlakat hududida rezident bo‘lmagan shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalaridan valyutalarni yechib olish kabi shubhali operatsiyalarni amalga oshirish holatlari kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitob va to‘lovlar milliy valyuta – so‘mda amalga oshirilishi kerakligi to‘g‘risidagi amaldagi qonunga muvofiq hamda xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, mazkur yilning 1-oktabridan respublika hududidagi barcha bankomatlardan xalqaro to‘lov kartalaridan pul yechish endilikda faqat milliy valyutada amalga oshiriladi", - deyiladi MB bayonotida.

Xalqaro kartalari bor jismoniy shaxslar xorijiy valyutani yechish uchun bundan buyon tijorat banklari bo‘linmalariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda amalga oshirishlari, va shu yerning o‘zida mamlakat hududida sarflanmagan so‘mlarni u yoki bu xorijiy valyutaga almashtirishlari mumkin bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, avgust so‘nggida O‘zbekiston Markaziy banki aholiga xorijiy valyutani tijorat banklarining ayirboshlash shahobchalari orqali MB joriy kurslaridan farq qilishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha kursda erkin sotishni boshlashini e’lon qilgandi. Qolaversa, regulyator milliy valyuta narxini bozor sharoitlari asosida shakllantirish jarayoniga o‘tayotganligini e’lon qilgan edi.  

MBning 24-sentabr ma’lumotlariga ko‘ra, dollar kursi 9424,54 so‘mni, yevro esa 10383,02 so‘mni tashkil etadi.

 

Yangiliklar lentasi
0