09:31 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
63601

Oʻzbekiston tashqi qarzi oshishining asosiy sababi - iqtisodning turli yoʻnalishlarini rivojlantirish uchun olinayotgan kredit va investitsiyalar - Markaziy bank.

TOSHKENT, 26 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki kecha eʼlon qilingan, Oʻzbekiston umumiy tashqi qarziyil boshiga nisbatan 20%ga oʻsishi holatiga izoh berdi.

2019 yilning 1 iyul holatiga Oʻzbekiston tashqi qarzi 20,7 milliard dollarni tashkil qildi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 3,4 milliardga koʻp va Oʻzbekiston YAIMning 37%dan koʻpini tashkil qiladi.

Qayd etish joizki Oʻzbekiston tashqi qarzi 2012 yildan buyon muntazam ravishda oshib kelmoqda. Ushbu munosabat bilan Markaziy bank tashqi qarz oʻsishi sabablarini tushuntirib berdi.

2019 yilda tashqi qarz oʻsishining sababi – davlat va xususiy sektor tomonidan olinayotgan bank kreditlari va investitsiyalar miqdori oshishi, ushbu tendentsiya yil oxiriga qadar saqlanib qoladi, - deyilgan MB izohida.

Ushbu kreditlar birinchi navbatda iqtisodning turli sohalarida belgilangan davlat dasturlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilmoqda.

Tashqi qarzning asosiy qismi davlat sektoriga toʻgʻri keladi – 13,1 milliard AQSH dollari. Undan 1 milliardi – yevrobondlar. Davlat qarzi, shuningdek, neft va gaz hamda  energetika sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kredit va investitsiyalardan iborat.

Xususiy sektor ulushiga— 7,2 mlrd AQSH dollari toʻgʻri keladi. Oʻtgan davr mobaynida u 330 mln dollarga oʻsgan.

Mutaxassilar fikriga koʻra, iqtisodiy rivojlanayotgan davlatlarda tashqi qarzi miqdori katta boʻlishi bu – odatiy holat. Ularning Oʻzbekistondan faqat bitta farqi bor – tashqi qarz tarkibida xususiy sektor ulushi davlat ulushiga nisbatan bir necha barobar koʻp boʻladi.

Masalan, 2019 yanvar oyi holatiga AQSH tashqi qarzi miqdori 22 trillion dollardan ortiq boʻlgan. Yevropa Ittifoqi tashqi qarzi miqdori – 17, Yaponiyaniki – 11, Britaniyaniki -8, Germaniyaniki – 4 trillion dollar. MDH mamlakatlari orasida tashqi qarz Gruziyada – 14, Belorussiyada – 39, Ukrainada -78, Qozogʻistonda – 161 va Rossiyada – 453 mlrd. $ni tashkil etadi.

Asosiy mavzular