21:57 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
451 0 0

Oʻzbekiston va Xitoy imzolagan shartnomalar kommunikatsiya texnologiyalari, GES qurilishi, avtomobil yoʻllari qurilishi, yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik sohalarini qamrab olgan.

TOSHKENT, 26 sen – Sputnik. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston-Xitoy Hukumatlararo qoʻmitasi uchrashuvi yakunida imzolangan shartnomalar roʻyxatini eʼlon qildi.

Umumiy qiymati 4,3 AQSH dollari boʻlgan shartnomalar Oʻzbekiston hududida Xitoy sarmoyasi yoki xitoylik kompaniyalar ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgani loyihalarni qamrab olgan.

Ushbu roʻyxatda  tadbirkorlk aloqalarini yengillatishga qaratilgan hukumatlararo shartnomalar va xususiy investitsion, tajriba almashish va boshqa hamkorlik shartnomalari oʻrin olgan.

Ular orasida yuqori texnologiyali aloqa vositalari yetkazib berish, GES qurilishi, ipakni va paxtani qayta ishlash sohasida hamkorlik, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik sohalarida hamkorlik qilish shartnomalari oʻrin olgan.  Masalan:

  • Xitoy moliyaviy ishtirokida Chirchiq, Toshkent va Samarqand GESlari kaskadlariini yangilash loyihasi;  
  • Samarqanddagi Dargʻom kanalida bir necha kichik GESlar qurish loyihalari;
  • “Gʻuzor – Buxoro – Nukus – Beynau” avtomobil yoʻlining “A-380” boʻlagi qurilishi;
  • “Oʻzbektelkom” va Huawei Technologies orasida 107 million dollarlik yuqori texnologiyali uskunalar yetkazib berish shartnomasi;
  • “OʻzMobayl” va ZTE orasida 50,9 million dollarlik kommutatsion uskunalar yetkazib berish shartnomasi, “COSCOM» va ZTE Investment orasida texnik xizmat koʻrsatish shartnomasi;
  • “Hebei Cape of Good Hope Logistic Development corporation”  tomonidan Angren EIZida – oyna ishlab chiqarish, elektro pikaplar va velosipedlar ishlab chiqarish, fotoelektrik modullar, nasoslar va boshqa mahsulot ishlab chiqarish haqida kelishib olindi. Korxonalar 2021 yil boshida ishga tushirish rejalashtirilgan;
  • Chongqing Sunfeel  kompaniyasi bilan ipakni qayta ishlash majmuasi, Qindao Tiani kompaniyasi bilan paxtani qayta ishlash majmuasi qurish va ishga tushirish haqidagi sharntnoma;
  • Kitob tumanida Anhui Conch Cement kompaniyasi bilan portlandtsement ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etish;
  • Xitoy sholichilik ilmiy instituti bilan Qoraqalpogʻistonda tuz va qurgʻochilikka chidamli boʻlgan sholi navini yetishtirish;
  • Xitoy goʻshtni baholash genetik markazi bilan Issiq va sovuqqa chidamli boʻlgan qoramol turlarini yetishtirish;
  • Dalin kompaniyasi bilan hamkorlikda tomchilab sugʻorish tizimlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va boshqalar.

Vazirlar Mahkamasi qarorida ushbu loyihalarni amalga oshirish jarayoni har oy beriladigan hisobotlar yordamida kuzatib borilishi qayd etilgan.

Asosiy mavzular