09:31 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Iqtisod
Havola olish
319 0 0

Ajratilgan mablagʻ Orol dengizidagi suvning asosiy manbasi hisoblanmish Amudaryoning irrigatsion tizimlarini modernizatsiya qilishga yoʻnaltiriladi.

TOSHKENT, 27 sen - Sputnik.  Yevropa investitsiya banki Oʻzbekistonga Orol boʻyi hududidagi holatni sogʻlomlashtirishga qaratilgan loyihalar uchun 100 million yevro mablagʻ ajratishi maʼlum boʻldi, deya xabar beradi RIA Novosti.

YEIB va Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bu haqda tegishli memorandum imzoladi. Hujjat, qiymati 100 million yevrolik investitsion dasturlarning boshlanishini koʻzda tutadi. Mazkur loyiha Orol dengizini qayta tiklash boʻyicha xalqaro harakatlarni birlashtirishga imkoniyat yaratadi.

Ushbu mablagʻlar Amudaryoning irrigatsion tizimini modernizatsiyalashga hamda bu tumanda qishloq xoʻjaligi ekinlarini qayta tiklashga yoʻnaltiriladi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasida joylashgan Orol dengizi 1960 yilga qadar hududi boʻyicha dunyoning eng yiriklari orasida toʻrtinchi boʻlgan. Soʻnggi 55 yilda orol hududi deyarli uch baravar qisqardi, suv sathi 29 metrga pasaydi va suv hajmi esa 15 karra kamaydi, uning tuzlanganlik darajasi oshib, baliqlar esa nobud boʻldi.        

Asosiy mavzular