08:50 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Iqtisod
Havola olish
64920

Hozirgi paytda tadqiqotchilar gaz va kondensatning sanoat tavsiflarini va tovar xossalarini oʻrganish maqsadida ishga kirishdi.

TOSHKENT, 27 sen - Sputnik. Qashqadaryo viloyatidagi “Shimoliy Muborak” gaz kondensati konida Oʻzbekistonda ilk bor “ERIELLGroup” kompaniyasi yura davrigacha boʻlgan qatlamlardan kuniga 400 m3 gaz oqimini olishga muvaffaq boʻldi.

Energetika vazirligi xabariga koʻra, gazli obʼyekt “Shimoliy Muborak” konida 53 sonli quduqni burgʻulash va oʻzlashtirish natijasida aniqlangan. Shu tarzda paleozoy fundamentida joylashgan yura davrigacha boʻlgan qatlamlarda unumdor gorizont aniqlandi (shamollatish qobigʻi).

Dobыcha gaza
© Sputnik / Aleksey Nikolskiy

Taʼkidlanishicha, mamlakat hududida ilk bor ushbu qatlamlardan sanoat gazi olingani ahamiyatlidir.

Hozirgi paytda tadqiqotchilar gaz va kondensatning sanoat tavsiflarini va tovar xossalarini oʻrganish maqsadida ishga kirishdi.

Kelgusida ushbu qatlamlar “Janubiy Muborak”, “Shumak” va “Shoʻrtepa” konlarida ham aniqlanishi mumkin. Ushbu gazli obʼyekt razvedkagacha xossaga ega boʻlib, ayni damda qidirish-baholash ishlari davom ettirilmoqda.

Asosiy mavzular