17:36 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
45720

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston soʻnggi davrda minoritar investorlarni himoya qilishni mustahkamlagan, soliqlar toʻlash tizimini soddalashtirgan, shartnomalarni ijrosini amalga oshirishni kuchaytirgan.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Jahon banki “Biznes yuritish” xalqaro reytingi doirasida oxirgi bir yil ichida biznesni yuritishda yengilliklarni nazarda tutuvchi eng koʻp islohotlarni amalga oshirgan 20 ta davlatni eʼtirof etdi. Bular ichida Oʻzbekistonda 5 ta yoʻnalishda amalga oshirilgan qadamlar alohida tan olindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston umumiy reytingda 190 ta davlatlar ichida 76-pogʻonani egallab turibdi.

Jahon banki xabariga koʻra, Oʻzbekiston oxirgi davrda minoritar investorlarni himoya qilishni mustahkamlagan, soliqlar toʻlash tizimini soddalashtirgan, shartnomalarni ijrosini amalga oshirishni kuchaytirgan, shuningdek, tashqi savdo yoʻnalishida sezilarli yangiliklar kiritgan.

Bunday tashqari, tijorat tashkilotlarida mustaqil kengash aʼzolari boʻlishi yuzasidan yangi talablar va audit qoʻmitalarining mavqei mustahkamlandi.

Infratuzilma soliqlari foyda soligʻi bilan birlashtirilgani ham alohida taʼkidlangan. Jahon banki mediatsiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qadamlarni ham eʼtirof etib, bu borada yagona huquqiy baza shakllanganini va mediatsiyadan foydalanishni ragʻbatlantirish mexanizmlari joriy etilganini taʼkidlagan.

Bojxona sohasida esa xavf-xatarni tahlil qilish asosida tekshiruvlarni amalga oshirish tartibotlari kiritilganini ham maʼqullagan.

Asosiy mavzular