07:58 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Iqtisod
Havola olish
212 0 0

Energetika vazirligi kriptovalyutachilardan 3 baravar koʻproq toʻlov olmoqchi. Ayrimlar buni "oltin tuxum qoʻyadigan tovuqdan shoʻrva pishirishga" oʻxshatdi.

TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda kriptovalyuta biznesi bilan shugʻullanayotgan maynerlar elektr uchun uch baravar qimmat toʻlaydi. Bu haqida Energetika vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qaror loyihasida aytib oʻtilgan.

“Kriptovalyuta va mayning bilan shugʻullanayotgan foydalanuvchilar, ulangan quvvatdan qatʼiy nazar elektr energiyasi uchun belgilangan tarifga - 3,0 miqdorida oshiruvchi koefitsent qoʻllangan holda toʻlaydi”, - deyilgan yangi qaror loyihasida.

Yangi qonun ostida qoldirilgan izohlarga koʻra, Oʻzbekistonda kriptovalyuta sohasi juda sust rivojlangan. Lekin ushbu ish bilan shugʻullanayotgan bir-ikkita entuziastlar bor. Ular ulkan katta resurs yoki investitsiya talab qilmagan holda, Respublikaga valyuta kiritishi mukin.

Kriptovalyutachilarni qoʻllab-quvvatlab, sonini koʻpaytirish oʻrniga, Energetika vazirligi “bitkoin tugʻadigan tovuqdan shoʻrva qilmoqchi”, - deb yozadi Martin Bear ismli foydalanuvchi.

Eslatib oʻtamiz, International Business Times eʼlon qilgan statistikaga muvofiq Oʻzbekiston - kriptovalyuta mayningi uchun eng arzon mamlakatlar uchligiga kirgan. Oʻzbekistonda 1 bitkoin ishlab topish tannarxi – 1790 dollarni tashkil qiladi. Ushbu reytingda 1 oʻrinda Venesuela – 531 dollar, ikkinchi oʻrinda Trinidad i Tobagoda – 1190 dollar.

Bugungi kunda 1 bitkoinning birjadagi narxi esa - 7800 dollarni tashkil qiladi. Rossiyada 1 bitkoin ishlash oʻchun oʻrtacha 

Asosiy mavzular