21:48 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
211 0 0

Markaziy bank ayrim hollarda import operatsiyalari boʻyicha valyuta ayirboshlashni cheklash haqidagi xabarlarga izoh berdi.

TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki, soʻnggi vaqtlarda matbuotda paydo boʻlayotgan, ayrim import operatsiyalari uchun valyuta ayirboshlash cheklanayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Unda aytilishiga koʻra, Oʻzbekistonda 2017 yilning sentyabr oyidan boshlab valyuta ayirboshlashda har qanday cheklovlar bekor qilingan. Iqtisodni erkinlashtirish va ochiqlashtirish bilan bir vaqtda, boshqaruvida davlat ulushi bor xoʻjalik subʼyektlarining samaradorligini oshirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash borasida ham muayyan qadamlar qoʻyilmoqda.   

Xususan, davlat xaridlarini va sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish vaqtida import qilinayotgan mahsulotlarning mahalliy analoglari borligi, korxona faoliyatiga aloqador boʻlmagan mahsulotlarni olib kirish holatlari hamda mahslot narxi oshirib koʻrsatish holatlari  aniqlanganda – ushbu maqsad uchun ajratilgan davlat mablagʻlari “muzlatib” qoʻyilmoqda.

Tadbirkorlar ushbu choralarga valyuta ayirboshlash uchun kiritilgan cheklov sifatida qaramasliklari kerak. Tadbirkorlar uchun xorijiy valyuta hech qanday cheklovsiz ayirboshlab bermoqda.

Ushbu choralar, avvalombor, davlat korxonalari faoliyatini shaffof qilishga, ularning raqobatbardoshligini oshirishga va kerakli mahsulotlarni mamlakat ichida xarid qilishga yoʻnaltirishga qaratilgan. Ikkinchidan, ushbu choralar iqtisodning turli sohalarini oʻzaro barqarorlashtirishga qaratilgan, - deyilgan MB xabarida.

Shunindek, Markaziy bank dunyoning koʻplab rivojlangan mamlakatlarida iqtisodning turli sohalarining samaradorligini oshirish maqsadida shunga oʻxshash cheklovlar kiritilganinini ham qayd etgan.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilda Oʻzbekiston valyuta bozori erkinlashtirilganidan soʻng, Respublikada valyuta xarid qilish operatsiyalari miqdori 2 baravar, valyuta sotish operatsiyalari 3 baravarga Shuningdek, valyuta sotib oliayotgan xoʻjalik subʼyektlari soni ham 2 yil ichidan 4100 tadan 7600 tagacha oʻsdi.

Asosiy mavzular