21:09 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Avtomobili na vыstavke promыshlennoy produktsii Uzbekistana i Kыrgыzstana v gorode Tashkent

Oʻzbekistonda har 100 uyda 44ta avtomobil bor - Statistika qoʻmitasi

© Ofitsialnыy sayt prezidenta Kыrgыzstana
Iqtisod
Havola olish
148 0 0

Oʻzbekistonda har 100 oilada 44ta avtomobil, 81ta kir yuvish mashinalari va 262 ta mobil telefonlar bor - stastistika.

TOSHKENT, 1 okt – Sputnik. Oʻzbekistondagi har 100 oilada 44ta avtomobil, 81ta kir yuvish mashnalari bor, deb xabar qildi Davlat statistika qoʻmitasi kecha AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Aholining turmush darajasi va farovonligini oʻrganish maqsadida davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xoʻjaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar oʻtkaziladi. Ushbu kuzativ natijalariga koʻra, Oʻzbekiston aholisining farovonlik darajasi yil sayin ortib bormoqda.

Xususan, 2018 yilda uy xoʻjaliklarining internet tarmogʻiga ulanish darajasi - 80,9%ga yetdi. Internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta shaxslarning ulushi 55,2% ni, ulardan erkaklar 60,4% ni,  ayollar esa 50,2% ni tashkil etmoqda.

Shuningdek, Statistika qoʻmitasi maishiy texnika bilan taʼminlanish darajasi ham yil sayin ortib borayotganini qayd etdi. Xususan, Oʻzbekistonda 2018 yilda 100 uy xoʻjaligida - 155 ta televizor, 55 ta elektr changyutgich, 81 ta kir yuvish mashinasi, 103 ta sovutgich va muzlatgich, 52 ta shaxsiy kompyuter, 35 ta konditsioner, 44 ta yengil avtomobil va 262 ta mobil telefonlar borligi qayd etilgan.

Asosiy mavzular