09:08 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Iqtisod
Havola olish
94 0 0

Navoiy viloyatida davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan quyoshli fotoelektr stantsiyasini (FES) qurish va rivojlantirish uchun 1 milliard dollardan ortiq investitsiyalarni jalb qilish moʻljallangan.

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Saudiya Arabistoni kompaniyalari Oʻzbekistondagi energetika loyihalariga investitsiya kiritmoqchi.

Oʻzbekiston energetika vazirligida Saudiya Arabistoni Qirolligi Hukumatining Xalqaro bitimlar va investitsiyalar boʻyicha bosh boshqarmasi direktori Badromal Mavgan boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuvda tomonlar ikki davlat oʻrtasida energetika sohasidagi salohiyatli hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qildi. 

Qayd etilishicha, uchrashuvda Oʻzbekistonda energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun “GSS MEA Ltd” va “Advanced Inspection Services Cooperation” kompaniyalari investitsiyalarini jalb qilish masalalari xususida soʻz yuritilgan.

“Navoiy viloyatida davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan quyoshli fotoelektr stantsiyasini (FES) qurish uchun xususiy sherikni topish boʻyicha oʻtkazilayotgan tanlov savdolari delegatsiyasining alohida qiziqishini uygʻotdi”, - deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

Ushbu loyiha Oʻzbekistonda FESni rivojlantirish uchun 1 milliard dollardan ortiq investitsiyalarni jalb qilishga moʻljallangan. 

“GSS MEA Ltd.” Yaqin Sharqdagi yirik kompaniyalardan biri boʻlib, u energetika bozorida koʻp yillik tajribaga ega va sanoat koʻlamida quyosh fotoelektr stantsiyalarini qurish boʻyicha murakkab loyihalarni amalga oshirishga qodir. “Advanced Inspection Services Co.” (AIS) - sanoat inspektsion kompaniyasi esa yuqori sifatli xizmatlarni koʻrsatishga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshiradi. 

Asosiy mavzular