08:02 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Iqtisod
Havola olish
232 0 0

Hukumat qarori bilan Oʻzbekistonda mahalliy undan qolipli non ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozi belgilandi.

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. “Donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Aleksey Zubets
© Foto : Iz lichnogo arxiva Alekseya Zubets

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 iyulgacha faqat mahalliy dondan ishlab chiqarilgan undan tayyorlangan qolipli non ishlab chiqarish va sotish QQSdan ozod etiladi.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab import qilinganda QQSga tortilgan donni qayta ishlash korxonalari QQS boʻyicha soliqqa tortiladigan aylanmani Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlaydilar.

Shuningdek, qaror bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra yuridik shaxslar belgilangan roʻyxat boʻyicha chetdan keltiriladigan yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch uchun QQS toʻlashdan ozod qilish boʻyicha imtiyoz bekor qilindi.

Asosiy mavzular