07:58 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Yaponiya Oʻzbekistonga axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda yordam beradi

Ministerstvo po razvitiyu informatsionnыx texnologiy i kommunikatsiy
Iqtisod
Havola olish
108 0 0

Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiya davlat vaziri Minoru Terada Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta eʼtibor va intilishni alohida taʼkidladi.

TOSHKENT, 3 okt – Sputnik. Tokio shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiya davlat vaziri Minoru Terada bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

“Oʻzbekiston Yaponiya bilan strategik sheriklik munosabatlari ruhida har tomonlama oʻzaro manfaatli va samarali hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdor ekanligini taʼkidladi”, - AKT vaziri Shuhrat Sodiqov.

Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiya davlat vaziri Minoru Terada Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta eʼtibor va intilishni alohida taʼkidladi. Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, Yaponiya kompaniyalarida Oʻzbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Kamilov va Yaponiyaning maxsus vakili boʻlajak oliy darajalardagi uchrashuvlarni muhokama qildi

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yoʻnalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Asosiy mavzular