11:46 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Uborka zernovыx.

Oʻzbekistonlik fermerlar non narxini belgilashdan voz kechilishini soʻrab murojaat qildilar

© Sputnik / Artem Kreminskiy
Iqtisod
Havola olish
46333

Fermerlar ishlab chiqargan don mahsulotlariga narxni bozor mexanizmlari asosida shakllantirolmayotgani ularning ertangi kunga toʻliq ishonch bilan qarashiga imkon bermayapti.

TOSHKENT, 3 okt - Sputnik. Kuni kecha Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari sohada boshidan kechirayotgan holatlari yuzasidan Oʻzbekiston hukumati va Oliy majlisiga murojaatnoma yoʻlladi.

Gʻalla yetishtirilishi va uni qayta ishlash davlat tomonidan qatʼiy boshqarilishi, fermer yetishtirgan gʻalla hukumat tomonidan bozor narxlariga nisbatan past narxlarda xarid qilinishi xoʻjaliklarda ushbu sohaga qiziqishini pasayishiga sababchi boʻlmoqda.

Respublikada soʻnggi uch yilda tarmoqda amalga oshirilgan qator ijobiy islohotlar ham qayd etilmay qolinmadi.

Bir tonna gʻallaning xarid narxi 1 mln. 200 ming soʻm miqdorida belgilanishi va hosildorlikdan kelib chiqib 25 % gacha ustama haq toʻlanishi natijasida gʻallaning oʻrtacha narxi 1 mln. 420 ming soʻmni tashkil etdi.

Natijada, fermer xoʻjaliklari jonlanib, hosildorlikni oshirdilar. “Fermerlar tarixda birinchi marotaba oʻz mehnati samarasini koʻrdilar”, deb yoziladi ochiq xatda.

Shunday boʻlsa-da, gʻallani sotib olish narxi bozornikiga yaqinlashtirilishi bilan qator don korxonalari fermer xoʻjaliklaridan olgan gʻallasi uchun hisob-kitobni bitira olmayotganlik hollari uchrab turmoqda. Sababi oddiy - don korxonalari ham, oʻz navbatida, zarar koʻrmoqda: qayta ishlashdan tayyorlangan unning 1 kilosini 1400 soʻm, yaʼni hukumat tomonidan belgilab qoʻyilgan qatʼiy narxda sotishga majbur boʻlib qolyapti.

Bunday chigallikning boisi - mahsulot yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va isteʼmol qiluvchi oʻrtasida yagona tizimli zanjir yoʻqligidadir, deydi xat mualliflari.

Qolaversa, joylardagi korxonalar amalda eʼlon qilinganga zid siyosatni olib bormoqda. Qoʻyilgan maqsad - aholining manzilli ijtimoiy himoyasi taʼminlanmadi. Arzon unning katta qismi bozor narxlarida sotildi.

Oʻzbekistonda oʻtgan yilda narxi eng koʻp oshgan mahsulot - non boʻldi

Murojaatnoma mualliflari dehqonlarning gʻalla yetishtirishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, mehnatiga yarasha daromad olishi hamda yetishtiriladigan gʻalla hajmlarini koʻpaytirish uchun oʻz takliflarini kiritmoqdalar. 

Bular qatorida imtiyozli kreditlarni qishloq xoʻjaligi korxonalariga ajratishni osonlashtirish, “fermer-don korxonasi-isteʼmolchi” uchligi oʻrtasida bozor munosabatlarini tashkil toptirish, narxlar erkinlashtirilishi zamirida davlat tomonidan aholining kam taʼminlangan qatlamiga un va nonning maqsadli yetib borishini taʼminlab berish, gʻallani sotib olish narxini belgilashdan voz kechish, bozorlarda erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratish kabilar sanab oʻtilgan.

Asosiy mavzular