Hindiston kompaniyasi O‘zbekiston aviatsiya bozoriga kirmoqchi

© Uzbekiston xavo yullariAirbus postavil perviy A320neo dlya "Uzbekiston xavo yullari"
Airbus postavil perviy A320neo dlya Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Men Navoiy aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasining eng yirik quruqlik portiga aylana olishiga ishonaman. Chunki buning uchun barcha asoslar mavjud”, - dedi “Delhi International Airport Limited” kompaniyasining moliyaviy direktori.

TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Transport vazirligida Hindistonning “Delhi International Airport Limited” kompaniyasining moliyaviy direktori Sanjiv Edvard boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, uchrashuvda Navoiy aeroporti bazasida tashkil etilgan xalqaro intermodal logistika markazining samaradorligini oshirish masalasi muhokama etilgan.

Dostupnoe jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston kompaniyasi Sergelida ko‘p qavatli uylar quradi

Muhokamalar davomida Sanjiv Edvard Hindiston tomoni yuk va yo‘lovchi tashish jarayonida mamlakatning tranzit salohiyatidan keng foydalanish orqali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi. 

U, shuningdek, “DIAL” kompaniyasi Navoiy va Dehli aeroportlarini yuk tashuvlari yo‘nalishida bir-biriga bog‘lovchi tizimni yaratish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. 

“Men Navoiy aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasining eng yirik quruqlik portiga aylana olishiga ishonaman. Chunki buning uchun barcha asoslar mavjud”, - dedi Sanjiv Edvard. Hindiston kompaniyasi, shuningdek, aviatashuvlar bilan bog‘liq hujjatlar va jarayonlarning IT yechimlarini amaliyotga joriy etish yo‘nalishida ham hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi. 

Uchrashuv davomida tomonlar aviatsiya sohasida yuk va yo‘lovchi tashish yo‘nalishida alohida ishchi guruhlarini shakllantirib, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olishdi. 

Yangiliklar lentasi
0