11:52 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Gorod Tashkent. Uzbekistan

Oʻzbekiston banklari oʻtkazmalar va ish haqining kechiktirilishi uchun jarimaga tortiladi

© Flickr / ramon77
Iqtisod
Havola olish
250 0 0

Toʻlanadigan jarima qoidalar buzilishiga yoʻl qoʻygan moliyaviy korxona bosh hisobchisi va rahbari hisobidan qisman qoplanadi.

TOSHKENT, 4 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki mijozlarga xizmat koʻrsatishda yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar uchun moliyaviy korxonalarni jarimaga sola boshlaydi, xabar beradi Norma.uz.

Jarimalarga, xususan, quyidagi hollarda tortiladi:

-          mijozlarga ish haqining naqd qismi (0,005%) toʻlanishidagi kechikishlar;

-          elektron toʻlovlarni amalga oshirishda kechikishlar (har bir kechiktirilgan kun uchun 0,1%, lekin toʻlov summasini 10% idan koʻp boʻlmagan);

-          bank aybi bilan yanglishib yuborilgan elektron toʻlovni qaytarishda kechiktirmalar (har bir kechiktirilgan kun uchun 0,1%, lekin toʻlov summasini 10% idan koʻp boʻlmagan);

-          pul mablagʻlarining hisobga oʻtkazilishi va yechilishi tartibida qoidabuzarlik (0,1%), barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan holatda ham hisob ochishda kechiktirish yoki bundan bosh tortish (0,2%).

Avtoishonchnoma, trade-in, migrantlarga mikroqarz yoxud 1 oktyabrdan nimalar oʻzgaradi

Maʼlumotga koʻra, sanktsiyalar bank va mijoz oʻrtasidagi shartnomada koʻrsatilishi zarur.

Shu bilan birga, nizomda moliyaviy korxonalar qaysi hollarda jarimalarni toʻlashdan ozod etilishi toʻgʻrisida ham maʼlumot berilgan. Ular qatoriga fors-major holatlar, shu jumladan, banklararo elektron toʻlovlar tizimida vujudga kelishi mumkin boʻlgan tanaffuslar; mijo tomonidan bankka qonunchilik talablariga javob bermaydigan toʻlov hujjatlarining taqdim etilishi hamda bank yoki mijoz hisob raqami boʻyicha operatsiyalar toʻxtatilishi kiritilgan.

MB ayrim banklar man etilgan komission haqlarni undirganini aniqladi

Tijorat banklariga barcha jarimalar sud qarori asosida qoʻllaniladi, shuning uchun yuqorida qayd etilgan qoidabuzarliklarga uchragan mijozlar sudga daʼvo bilan murojaat qilishi kerak boʻladi.

Toʻlangan jarima qoidalar buzilishiga yoʻl qoʻygan moliyaviy korxona (filial) bosh hisobchisi va rahbari hisobidan qisman qoplanadi.

Asosiy mavzular