08:59 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Sadыk Safayev

“Yeng shimarib ishlaymiz”: Safoyev Rossiya bilan savdo-sotiqni rivojlantirish haqida

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
314 0 0

Oliy Majlis Senati raisi birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning fikricha, tovar ayirboshlash koʻrsatkichlarini ikki mamlakat salohiyatiga javob beruvchi yangi darajaga olib chiqish zarur.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Rossiya parlamenti yuqori palatasi rahbari Valentina Matviyenkoning tashrifi yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumanida sentyabr oyidan buyon Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10 foizdan ziyodga oʻsganini maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

“Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo-sotiq jadal rivojlanmoqda. Joriy yilning ilk 10 oyida tovar ayirboshlash hajmi 10 foizdan ziyodga oʻsdi.  Oʻtgan yilgi koʻrsatkichlar oshishi kutilmoqda, - deya qayd etdi Safoyev. – Hozir har ikkala tomondan eksport va import oʻrtasida muayyan disbalans mavjud. Rossiya vakillari Oʻzbekiston tomonidan oʻrtaga tashlangan mamlakatga koʻproq Rossiya bozorlari ochilishi kerakligi haqidagi savoliga tushunish bilan yondoshdi. Bu esa Rossiya tomonidan bojxona tartib-qoidalari, fitosanitariya talablarini oʻzgartirishni talab qiladi. Bundan buyogʻiga yeng shimarib ishlaymiz”.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashi Oʻzbekistondan Rossiyaga meva-sabzavotlar yetkazib berish jarayonini soddalashtirish uchun tadbirlar rejasini tayyorlashdi. U Oʻzbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzovot hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Rossiyaning turli hududlaridagi xaridorlarga yetkazib berish jarayonini tezlashtirish va yetkazib berish hajmini koʻpaytirishga imkon beradi.

Valentina Matviyenko Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan soʻng respublika 2024 yilga qadar Rossiya bilan savdo hajmini 25 milliard dollarga oshirishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga qaraganda, 2018 yilda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash 4,4 milliard dollarga yetgan.

Asosiy mavzular