23:20 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
260 0 0

Oʻzbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida qator tashkilot va kompaniyalar rahbariyati bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 5 okt - Sputnik. Oʻzbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida “Toyota Tsusho” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga koʻra, uchrashuvda Yaponiyaning koʻp tarmoqli “Toyota Tsusho” kompaniyasi rahbariyati bilan Oʻzbekistonda avtomobilsozlik, toʻqimachilik, kimyo, konchilik va oziq-ovqat sanoati, elektronika va mehmonxona biznesi sohalaridagi faoliyatni diversifikatsiya qilishning dastlabki shartlari muhokama qilingan.

Taʼkidlanishicha, kompaniya ijrochi direktori M.Akiyama davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida mamlakatning bir qator hududlarida shamol va quyosh elektr stantsiyalarini qurishga va respublikaning yirik sanoat obʼyektlarini xususiylashtirishda ishtirok etishga qiziqish bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Yaponiya yangi avtomobillar ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular