11:51 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Vid na gorod Tashkent

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi tasdiqlandi

© Flickr / Aleksandr Zykov
Iqtisod
Havola olish
151 0 0

Strategiyani amalga oshirish natijasida issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalari 2010 yildagiga nisbatan 10 foizga qisqartiriladi.

TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Prezident qarori bilan 2019-2030 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi tasdiqlandi.

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtishning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishdan iborat.

Bunga texnologiyalarni modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali erishiladi.

Strategiyani amalga oshirish natijasida issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalari 2010 yildagiga nisbatan 10 foizga qisqartiriladi.

Shuningdek, 100 foizgacha aholi va iqtisodiyot tarmoqlari zamonaviy arzon va ishonchli energiyadan foydalanish imkoniyati bilan taʼminlanadi.

Bundan tashqari, ekologik jihatdan yaxshilangan motor yoqilgʻisi va avtomobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish kengaytiriladi, elektr transporti rivojlantiriladi.

Asosiy mavzular