11:54 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Shtangovыy nasos

Oʻzbekistonda ilk bor yer yorish orqali neft qazish hajmi oshiriladi

© Sputnik / RIA Novosti
Iqtisod
Havola olish
477 0 0

Fracking - yerning gorizontal qatlamini yorish orqali qazib olinayotgan neft va gaz hajmini bir necha barobar oshirish uslubi.

TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Eriell kompaniyasi ilk bor Oʻzbekistonda yer qatlamlarini yorish (Fracking) ishlarini amalga oshiradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Oʻzbekistonda ilk bor yerning alohida qatlamlarida gorizontal svolining uzunligi 1000metrgacha boʻlgan, koʻp bosqichli yer yorish ishlari olib boriladi. Har bir plastda 10 bosqichgacha yer yorish amaliyoti boʻlib oʻtadi”, - deyilgan xabarda.

Koʻp bosqichli yer qatlamlarini yorish amaliyoti, odatda, soʻngan neft quduqlarida foydalaniladi. Ushbu uslub yordamida qazib olinayotgan uglevodorodlar hajmini 5-6 baravarga oshishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz 2017-2019 yilllarda Oʻzbekistonda neft va gaz qazib olish hajmini oshirish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” BAAning Eriell Oilfield Service kompaniyasi hamda avstriyaning Eriell GmbH va Enter Engineering Pte kompaniyalari bilan umumiy qiymati 2 milliard dollar boʻlgan shartnoma imzolagan edi.

Asosiy mavzular